Chet tillarini oʻrganishda subsidiya beriladigan “2+6” dasturiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi


“2+6” dasturiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi: yoshlar chet tillarini subsidiya asosida o‘rganadi

Hukumatning 2025-yil 8-oktyabrdagi 632-son qarori bilan “Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi” tasdiqlandi.

Mazkur nizomga ko‘ra, “2+6” dasturi doirasida yoshlarning chet tilini o‘rganish xarajatlarining bir qismi subsidiya orqali qoplanadi.

Dastur shartlari

  • Ariza beruvchi “2+6” dasturida belgilangan xorijiy tillardan biri bo‘yicha minimal ko‘rsatkichli sertifikatga ega bo‘lishi kerak

  • Yosh dastlab 2 oy o‘qish xarajatini o‘z hisobidan to‘laydi

  • Shundan so‘ng, keyingi 6 oygacha o‘qish xarajati uchun Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari doirasida subsidiya ajratiladi

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi

  • Dastlabki bosqichda 2plus6.uz sayti orqali o‘quv markazlari ro‘yxatdan o‘tadi

  • O‘quv markazlari ro‘yxati tasdiqlangach, yoshlar “Yonda” ilovasi orqali ariza topshirishi mumkin bo‘ladi

  • Savol va murojaatlar uchun: @yonda_support_bot

Subsidiya miqdori

“2+6” dasturiga muvofiq, har oy yakuni bo‘yicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:

  • Toshkent shahrida: BHMning 2 baravarigacha

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida: BHMning 1,5 baravarigacha

  • Tuman (shahar)larda: BHMning 1 baravarigacha