Bu yilgi test savollari soddalashtirilmoqda


Xalqaro Press-klub (XPK)ning navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, 2016-2017 o‘quv yilida birinchi marta oliy ta’lim muassasasiga imtihon topshirgan abituriyentlarning bor-yo‘g‘i 30 foizigina yuqori ball olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu juda past ko‘rsatkich ekani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan 2017-2018 o‘quv yilidagi OTMlarga kirish imtihonlarining test savollari struktarasi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu yilgi savollarning aniq va qisqa bo‘lishi maqsad qilindi.

XPK sessiyasida birinchi marta test sinovidan o‘tayotgan abituriyentlarning bunday past natijalari ularning ruhiy holatiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi. Bu va boshqa omillarni hisobga olgan holda, joriy yildagi test savollari soddalashtirilishi ma’lum qilindi.