Bilmingizni sinang: 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni


Assalomu alaykum saytimiz foydalanuvchilari. Sizlarni bugungi 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Osmonimiz musaffoligi, yurtimiz tinchligi uchun xizmat qilayotgan barcha mard o‘g‘lonlar va yurtdoshlarimiz o‘z sharafli burchlarini bajarayotgan damlarda biz ulardan minnatdormiz, doimo tazimdamiz. 

Bugun nafaqat harbiylar yoki harbiy soha vakillari bayrami, balki yurtimizning barcha er yigitlari bayrami. Yigit borki oila tinch, mahalla tinch - jamiyat tinch, yurt tinch. Yigitlar nafaqat tinchlik uchun balki yurt ravnaqi, farovonligi uchun xizmat qiluvchi katta kuchdir. 

Shu sababli bugungi sharafli bayram bilan kanal ijodkorlari barcha o‘glonlarni - abituriyent yigitlarni tabriklab qoladi. Ularga o‘z maqsadlari yo‘lida shaxdam qadamlar bilan olg‘a borishlari, nufuzli oliygohlarning talabasi bo‘lib kelajakda o‘z oilasi va yurt farovonligi yo‘lida xizmat qilishlarida zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Bugungi kun munosabati bilan Sizlarga quyidagi test savollarini taqdim etamiz. Testlarni ishlagan holda o‘z bilmingizni yanada mustahkamlashingiz mumkin.