Yangi o‘quv yilida birinchi bosqich kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda, ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.
Bunda birinchi bosqich talabalaridan sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Maʼlumot o‘rnida, talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara summasidan qat’i nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida amalga oshiriladi.