Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining bir qismi qoplab beriladi, jumladan haydovchilik guvohnomasi uchun to‘lovlar ham ...


“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni (PF–222-son, 20.11.2025-yil) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-fevraldan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

Harbiy xizmat bo‘yicha imtiyoz

  • Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi.

  • Ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi.

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

  • Avtomotransport haydovchilarini tayyorlash o‘quv kurslari xarajatlari qoplanadi.

    • Shu jumladan, haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “C”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun to‘lovlar to‘lab beriladi.

  • Kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi.

    • Bunda:

      • ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilgan bo‘lishi,

      • 1 o‘quv yili uchun kontrakt summasi BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish tartibi

  • Bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordam turlaridan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin.