Amerika ta’lim tizimi O‘zbekiston ta’lim tizimini o‘zgartirishi mumkinmi?


Daryo" kolumnisti, “Buyuk Kelajak" ekspertlar kengashi a’zosi, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov AQSh ta’lim tizimi O‘zbekiston ta’lim tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi xususida o‘z fikrlarini aytib o‘tadi.

Iqtisodiy va boshqa jihatlardan mustaqil bo‘lishni xohlagan davlat uchun ta’lim hal qiluvchi o‘rin tutadi. Fikrimizcha, ushbu maqsadga erishish uchun O‘zbekistonning oldida hali uzoq safar turibdi. Mamlakatda yaqin o‘tmishda sodir bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlar natijasida hukumat ta’lim tizimining muhimligini tushunib yetdi. Shunga qaramay, buni isbot qilish bu sohada uchun biroz ilgari surilish bo‘ldi xolos. Ilgari siljishning yo‘qligi bugungi kun o‘rganuvchilar avlodining talab-ehtiyojlaridan tushunmaslik va bexabarlik natijasidan kelib chiqadi. Maktab va universitetlar ma’muriyatlari yechilishi lozim bo‘lgan ustuvor masalalarni ta’limning asosiy maqsadidan uzoqlashtirib yuborishgan. Natijada o‘qituvchining roli, obro‘si tushib ketdi, va buning oqibatlari yaqqol ko‘rinib turibdi.

Ta’lim tizimimizni takomillashtirish yo‘llarining boshqa mamlakat ta’lim tizimida biz topgan usullaridan biri boshqa tizimni olib kirib, joriy qilishdan iborat bo‘ldi. Biroq chet mamlakat ta’lim tizimida mavjud asosiy kamchiliklarini tahlil qila olmaslik yoki ko‘ra bilmaslik bizning asosiy muammomizdir. Ta’limni joriy qilib, biz yana o‘sha muammo takrorlaymiz va maqsadlarimizga erisha olmaymiz. Ushbu maqolada men AQSh ta’lim tizimining asosiy kamchiliklarini ko‘rsatib o‘tmoqchiman.

AQShda ta’lim tizimda mavjud bir qator muammolar tufayli nazarda tutilgandagiday samarador emas. Ta’lim siyosati va qaror qabul qilish ishlarida siyosiy va ijtimoiy farqlar muammolarining singib ketganligi tufayli o‘quvchi-talabalarga xilma-xillik bilan qanday murojaat qilish, o‘rganish yoki ziddiyatlarni qanday yengib o‘tishning to‘g‘ri, foydali usullari takliq qilishmaydi. Buning ustiga, ijtimoiy-siyosiy masalalar atrofida o‘tkazilayotgan keng qamrovli bahslarning orasida, maktablarda firibgarlik masalasi va hatto baholash tizimidagi nomutanosibliklar va ehtimoliy adolatsizlik masalalari kabi hal qilinmayotgan ko‘proq aniq, qat’iy muammolar mavjud.

Ko‘p hollarda maktablarda mavjud muammolar Amerika ta’lim tizimining kelajagi haqida qabul qilinishi kerak bo‘lgan muhim qarorlarni qabul qilishga xohish, imkoniyatning yo‘qligi bilan bog‘liqday tuyuladi. Haqiqiy va joriy vaqtda jiddiy ahamiyatga va qimmatga ega bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratishning o‘rniga, ichki nizolar va qarorlarning yo‘qligi bilan vaqt behuda sarflanmoqda. Bahs-munozarlarda vaqtni bekor o‘tkazishning o‘rniga umumiy ma’noda tizimga ta’sir qiluvchi va bilimli yoshlarni tayyorlash kabi natija beruvchi kattaroq masalalarni hal qilish va boshqa mavzular haqida bahs-munozaralar Amerikada ta’lim sifati yaxshilangandan keyingi vaqtlargacha saqlab qo‘yilishi lozim.

Amerika ta’lim tizimi muammolari va zaif tomonlari:

Har bir shtatda o‘z o‘quv dasturlari va standartlari mavjud va bu ko‘p hollarda talabalar orasida standartlarning bir-biridan farq qilishiga olib keladi Bu kattaroq muammo tug‘diruvchi masala, chunki Amerikada umumiy yagona ta’lim tizimi mavjud emas;

Ba’zi talabalar “maktabdan — qamoqqa" tizimi domiga tushib ketadi. Afsuski, katta shaharlarda yuqori sinflar maktablariga qatnagan qora tanli yigitlarning yarmidan ko‘pi diplom ola olmaydi;

Maktabda bandlik bilan o‘tkazadigan vaqt ularning xitoylik tengdoshlarinikidan achinarli tarzda kam;

Ota-onalar yetarlicha jalb qilinmaydi. Ehtimol, o‘qituvchilarga bog‘liq bo‘lmagan masalalarning eng ayanchlisi shu bo‘lsa kerak. O‘quv jarayonida ota-onalarning qatnasha olmasligi kasbiy karera-o‘sish talablari va maktabga haddan ortiq tobelik, bog‘liqlik yuqori sinf maktablari o‘quvchilarini ham xavf ostiga qo‘yadi;

Maktablarda o‘quvchilar soni haddan ortiq ko‘p. Sinfda bolalar soni qancha kam bo‘lsa, talabalarning individual ta’lim olishi shuncha yaxshi bo‘ladi. Muvaffaqiyatga erishish uchun bolalarga avvalgidan ko‘proq e’tibor talab qilingan vaqtda, sinfda bolalarning juda ko‘pligi o‘qish, ta’lim olishni yanada mushkullashtirib yubormoqda va o‘qituvchilarning samarali ishlashlarini bundanda qiyinlashtirmoqda;

O‘qituvchilar ta’limga yangiliklar qiritishi kuzatilmaydi. Buning sababi oddiy: agar talabalar o‘zgarayotgan bo‘lsa, o‘qituvchilar ham o‘zgarishlari kerak. Amerikada davlat ta’limi tizimiga muayyan talabalar guruhlarining talab-ehtiyojlariga mos keladigan, masofali o‘rganishning zarur rolini tushunadigan, va sinfda o‘zgarishlarni amalga oshirishga yordam berish uchun ovozlarini baralla qo‘yib talab qila oladigan, yaxshi tayyorlangan o‘qituvchilar kerak;

Talabalarning 80 foizi yuqori sinf maktablarini bitirishmoqda biroq ularning yarimidan kamrog‘igina ta’limning bundan keyingi bosqichiga o‘tishga tayyor xolos. Muammoning mazmuni talabalarning orqada olib qolib turish lozim bo‘lgan bir paytda, ularning keyingi sinfga o‘tkazilishi, va undan keyin ushbu sinf darajasiga mos ishlarni bajara olmasdan va sinfdoshlarining bilim darajalaridan orqada qolib ketishlaridan iborat;

Standartlashtirilgan testlar va o‘quv kitoblari mamlakat miqyosida tegishli tarzda me’yorlashtirib, baho qo‘yilganda, davlat o‘quv dasturlari va davlat test-imtihonlari maqsadga muvofiq bo‘la olmaydi;

Bugungi kunda xalq ta’limi natijalarga yo‘naltirilmagan;

Mavjud bahslarga ko‘ra, talabalardan yuqori standartlar talablariga javob berish talab qilinmaydi, va ta’lim jarayoni siyosatdonlar doirasida ta’lim natijalarini tahlil qilishda muhimroq;

Universitetda tahsil olishga intilmaydigan talabalarning ta’lim olishiga ko‘proq e’tibor berish talab qilinadi;

Ba’zan baholash tizimi talabaning haqiqiy kuchli va zaif tomonlari holatiini ko‘rsatib bera olmaydi;

Yuqori sinf maktablarida ta’lim olish narxining tobora oshib borishi universitetlarda tahsil olishni xohlaydigan Amerika talabalarining sonining pasayishiga olib keldi.

Zamonaviy Amerika ta’lim tizimida jiddiy muammolar mavjudligi voqelik. Agar biz zamonaviy ta’lim tizimi bizning ta’lim tizimimizni o‘zgartirishini xohlasak, boshqa mamlakatlarning ta’lim tizimi, o‘zimizning ta’lim tizimimizning xaloskori bo‘ladi deb hisoblashni bas qilishimiz kerak. Biz amalda mavjud tizimlarni to‘laligicha emas, balki eng yaxshi amaliyotlarni tahlil qilib, joriy qilishimiz lozim, chunki chet mamlakatning ta’lim tizimiga jiddiy bog‘liq bo‘lish noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, chunki bizda xodim-kadrlar, inson kapitali, logistik ko‘mak, moliyaviy zahiralar va texnologiyalar kabi sharoitlar ularniki bilan bir xil bo‘lmasligi mumkin.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.