Joriy o‘quv yilidan boshlab, akademik ta’til olgan talabalar o‘qishni «sirtqi», «kechki», «onlayn» shakllarga o‘zgartirishi va davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra:
- Qaromog‘ida/xonadonida bemorga qarashi lozim bo‘lgan talabalar;
- sog‘ligi tufayli o‘qishga kelish imkoniyati bo‘lmagan talabalar;
- sog‘ligiga ko‘ra uyda qolishi kerak bo‘lgan xomilador ayol talabalar;
- chaqalog‘i bor yosh talaba onalar;
- xarbiy xizmatni o‘tamoqchi bo‘lgan talabalar va boshqa asosli sabab ko‘rsatgan talabalar akademik ta’til olishlari mumkin bo‘ladi.
O‘tgan davrdagi akademik ta’tildan xozirgisining farqi talaba o‘qishdan chetlatilmaydi.
Buning uchun talaba tahsil olayotgan oliygoh rektori nomiga akademik ta’til olishga sabab bo‘lgan omilni ko‘rsatgan holda ariza yozadi va ma’lumotnoma (spravka) taqdim qiladi.