O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq:
2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi.
Buning uchun abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlov uchun ustuvorlik sifatida “davlat granti" yoki “davlat granti va to‘lov-kontrakt"dan birini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
- Davlat grantini tanlasa - dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
- Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.