2025-yilgi qabul natijalarida ko‘pchilik abituriyentlar “189 ball bilan kontraktga tushib qolmaymizmi?” degan savol bilan murojaat qilishgan edi. Mandat e’lon qilinishidan oldin ham bu haqda ko‘p bahslar bo‘ldi.
Ammo Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ochiqlangan test natijalarida OTMlar kesimidagi natijalarni ko‘rar ekanmiz 189 ball olgan abituriyentlarning barchasi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.
Misol: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
-
Ushbu OTMda 140 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan.
-
Ularning barchasi grant asosida qabul qilingan.
-
Faqat ayrimlari boshqa yo‘nalish yoki boshqa tanlovidan o‘qishga kirgani uchun bu raqamda biroz farq bo‘lgan.