Hamkorimiz Xushnudbek.uz dan Abituriyent-2017 loyihasi


O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalarida qabul komissiyalari o‘z faoliyatini boshlandi.

Qariyb ikki oy mobaynida O‘zbekiston yoshlari orasidagi eng ommabop mavzu aynan OTMlarga qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lishi shubhasiz.

Bundan tashqari joriy yilda qabul jarayonlari bilan bog‘liq ko‘plab o‘zgarishlar bo‘lganligi sababli, abituriyentlar orasida turli savollar paydo bo‘lmoqda. Birinchi marta amalga oshirilayotgan yangiliklar bo‘yicha minglab abituriyentlarda javobsiz savollar paydo bo‘lmoqda.

Shuni inobatga olib, Xushnudbek.Uz va Abt.uz maxsus «Abituriyent-2017» loyihasini tashkil etishga qaror qildik.

Bunda qabul komissiyasi faoliyati bilan bog‘liq yangiliklar, ma’lumotlar, bo‘lajak talabalarga maslahat va tushuntirishlar berib boriladi.

Agarda qabul jarayoni bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa xushnudjohn@gmail.com manziliga savol yo‘llashingiz mumkin.

Savollarga berilayotgan javoblar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan bo‘lsa-da, lekin rasmiy maqomga ega emas. Berilgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Loyiha mualliflari