2026/2027 o‘quv yili qabuli: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 71 mingdan oshdi


2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 71 446 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 526 nafarga yoki 62,7 foizga ko‘pdir.

2025-yilda ushbu bosqichda 43 920 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi.

Ro‘yxatdan o‘tganlarning 32 468 nafari joriy yil bitiruvchilari, 38 978 nafari esa avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tamomlagan abituriyentlardir. Bu esa qabul jarayonida avvalgi yil bitiruvchilari ulushi yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Jins bo‘yicha tahlilga ko‘ra, abituriyentlarning 59,1 foizi erkaklar, 40,9 foizi ayollardan iborat. Erkak abituriyentlar soni 42 250 nafarni, ayollar soni esa 29 196 nafarni tashkil qilmoqda.

Ta’lim tili kesimida eng katta ulush o‘zbek tiliga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilida hujjat topshirganlar soni 63 021 nafar bo‘lib, bu jami abituriyentlarning 88,2 foizini tashkil etadi. Rus tilida ro‘yxatdan o‘tganlar 7 386 nafar, qoraqalpoq tilida 888 nafar, boshqa tillarda esa 151 nafarni tashkil qilmoqda.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda 15 460 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Bu jami ko‘rsatkichning 21,6 foizi demakdir.

Keyingi o‘rinlardan Samarqand viloyati 7 942 nafar, Andijon viloyati 6 779 nafar, Farg‘ona viloyati 6 286 nafar hamda Qashqadaryo viloyati 5 308 nafar abituriyent bilan joy oldi.

Eng kam ko‘rsatkichlar Nurafshon shahri, Toshkent viloyati bo‘yicha 619 nafar va So‘x tumanida 120 nafar abituriyent sifatida qayd etilgan.

Ma’lumotlar 2026-yil 9-iyun soat 18:47 holatiga tegishli.