2026/2027 o‘quv yili qabuli: abituriyentlar soni 85 mingdan oshdi


2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 85 825 nafarga yetdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26 913 nafarga yoki 45,7 foizga ko‘pdir. 2025-yilda ushbu davrda 58 912 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi.

Ro‘yxatdan o‘tganlarning 39 408 nafari joriy yil bitiruvchilari, 46 417 nafari esa avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tamomlagan abituriyentlardir. Bu qabul jarayonida avvalgi yil bitiruvchilari faolligi yuqoriligicha qolayotganini ko‘rsatadi.

Jins bo‘yicha tahlilga ko‘ra, abituriyentlarning 49 456 nafari erkaklar, 36 369 nafari ayollardan iborat. Umumiy hisobda erkaklar ulushi 57,6 foiz, ayollar ulushi esa 42,4 foizni tashkil qilmoqda.

Ta’lim tili kesimida eng katta ulush o‘zbek tiliga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 75 658 nafar bo‘lib, bu jami abituriyentlarning 88,2 foizini tashkil etadi. Rus tilida hujjat topshirganlar 8 866 nafar, qoraqalpoq tilida 1 122 nafar, boshqa tillarda esa 179 nafarni tashkil qilmoqda.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda 18 178 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning 21,2 foiziga teng.

Keyingi o‘rinlardan Samarqand viloyati 9 534 nafar, Andijon viloyati 8 252 nafar, Farg‘ona viloyati 7 691 nafar hamda Qashqadaryo viloyati 6 352 nafar abituriyent bilan joy oldi.

Shuningdek, Namangan viloyatida 5 521 nafar, Navoiy viloyatida 5 213 nafar, Xorazm viloyatida 4 742 nafar va Jizzax viloyatida 4 310 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Eng past ko‘rsatkichlar So‘x tumanida 139 nafar, Nurafshon shahrida 725 nafar hamda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 1 833 nafar abituriyent sifatida qayd etilgan.

Ma’lumotlar 2026-yil 10-iyun soat 18:17 holatiga tegishli.