2026-yilgi qabuldan boshlab davlat universitetlarida ta’lim to‘liq bepul bo‘ladi


Gruziniya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ma’lum qilishicha, 2026-yilgi qabuldan boshlab davlat universitetlarida ta’lim to‘liq bepul bo‘ladi.

“Biz yig‘ilish o‘tkazdik, masalani ham hukumat, ham siyosiy kengash formatida ko‘rib chiqdik va qaror qabul qildik. Bu juda muhim o‘zgarish, u davlat universitetlari tizimida bosqichma-bosqich joriy etiladi”, dedi Irakliy Kobaxidze.

Ma’lum qilinishicha, islohotdan keyin oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadigan talabalar soni deyarli o‘zgarmaydi. Kvotalar mehnat bozori tahliliga asoslanib belgilanadi.

“Oxirgi yillarda universitetlarga qabul chuqur mehnat bozori tahlilidan kelib chiqib amalga oshirilmagan. Bizga nechta yurist, iqtisodchi, quruvchi, muhandis, shifokor va boshqa soha vakillari kerakligi aniq hisoblanmagan. Yaqin vaqt ichida bizda dastlabki hujjat bo‘ladi. Mutaxassisliklar bo‘yicha kvotalar mehnat bozori tahlili asosida taqsimlanadi”, dedi Kobaxidze.