2025-yildan boshlab O‘zbekistonda maktab bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda taqdim etiladi. Bu raqamlashtirish jarayoni bitiruvchilarga hujjatlarni tez, oson va xavfsiz tarzda olish imkonini yaratadi.
Elektron shahodatnomani qayerdan yuklab olish mumkin?
Bitiruvchilar quyidagi manbalar orqali elektron shahodatnomani bepul yuklab olishlari mumkin:
1. my.gov.uz portalidagi davlat xizmati orqali
Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi shahodatnoma maʼlumotlarini olish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/oz/service/800
Bu xizmat orqali o‘zingiz haqingizdagi asosiy ma’lumotlarni kiritgan holda elektron shahodatnomani yuklab olishingiz mumkin.
2. e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali
Shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritib, shahodatnomani olish uchun quyidagi sahifadan foydalaning:
https://e-shahodatnoma.uz/cert/search
Bu tizim orqali hujjatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olib, istalgan joyda foydalanishingiz mumkin.
OTMga hujjat topshirishda elektron integratsiya
2025-yildan boshlab, 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM) tomonidan yaratilgan OTM qabul platformasiga avtomatik integratsiya qilinadi.
Bu shuni anglatadiki, abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda shahodatnomani shaxsan taqdim etishlariga hojat qolmaydi — ma’lumotlar avtomatik tarzda tizimga yuklanadi.