Joriy yilning birinchi yarmini eng katta daromad bilan yakunlagan oliygoh – Samarqand davlat chet tillar instituti. Daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi eng katta salbiy farq Namangan davlat universitetida kuzatilgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikadagi 70 ta davlat oliygohining 2023 yilning dastlabki olti oyi davomidagi daromadlari va xarajatlari haqidagi ma’lumotni ochiqladi.
Qayd etilishicha, hisobot davrida keltirilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining umumiy daromadi – 4 trln 501 mlrd 238 mln so‘mni, xarajatlari esa 5 trln 86 mlrd 667 mln so‘mni tashkil etgan.
Respublika kesimida eng ko‘p daromad O‘zbekiston milliy universiteti (245 mlrd so‘m), Farg‘ona davlat universiteti (191 mlrd so‘m), Qoraqalpoq davlat universiteti (188 mlrd so‘m) va Termiz davlat universiteti tomonidan (169 mlrd so‘m) shakllantirilgan.
Toshkent shahrida joylashgan eng ko‘p daromad ko‘rgan oliy ta’lim muassasalarining qisqa ro‘yxati quyidagicha:
- O‘zbekiston milliy universiteti – 245 mlrd so‘m;
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 165 mlrd so‘m;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 151 mlrd so‘m;
- Toshkent davlat texnika universiteti – 145 mlrd so‘m;
- Toshkent moliya instituti – 102 mlrd so‘m.
Ro‘yxatda keltirilgan 70 ta davlat oliygohining 32 tasi birinchi yarim yillikni foyda bilan yakunlagan:
- Samarqand davlat chet tillar instituti – 33 mlrd 299 mln so‘m;
- Navoiy davlat pedagogika instituti - 27 mlrd 310 mln so‘m;
- Termiz davlat pedagogika instituti – 24 mlrd 327 mln so‘m;
- Shahrisabz davlat pedagogika instituti – 19 mlrd 536 mln so‘m;
- Buxoro davlat pedagogika instituti – 14 mlrd 348 mln so‘m;
- Farg‘ona politexnika instituti – 13 mlrd 607 mln so‘m;
- Andijon mashinasozlik instituti – 11 mlrd 856 mln so‘m;
- Qo‘qon davlat pedagogika instituti – 11 mlrd 593 mln so‘m;
- Andijon davlat pedagogika instituti – 10 mlrd 770 mln so‘m;
- «TIQXMMI» milliy tadqiqot universiteti – 8 mlrd 455 mln so‘m;
- O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti – 7 mlrd 885 mln so‘m;
- Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti – 6 mlrd 928 mln so‘m;
- Namangan muhandislik-qurilish instituti – 6 mlrd 236 mln so‘m;
- Urganch davlat pedagogika instituti – 5 mlrd 997 mln so‘m;
- Qarshi davlat universiteti – 5 mlrd 534 mln so‘m;
- Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti – 5 mlrd 211 mln so‘m;
- I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali – 4 mlrd 934 mln so‘m;
- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti – 4 mlrd 217 mln so‘m;
- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti – 3 mlrd 786 mln so‘m;
- Andijon davlat chet tillari instituti – 3 mlrd 240 mln so‘m;
- Namangan muhandislik-texnologiya instituti – 3 mlrd 61 mln so‘m;
- Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti – 2 mlrd 712 mln so‘m;
- Jizzax politexnika instituti – 2 mlrd 651 mln so‘m;
- Samarqand davlat universitetining Urgut filiali – 2 mlrd 13 mln so‘m;
- Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Nukus filiali – 1 mlrd 933 mln so‘m;
- D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti federal davlat budjet oliy ma’lumot ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali – 1 mlrd 762 mln so‘m;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali – 1 mlrd 606 mln so‘m;
- Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining filiali – 1 mlrd 530 mln so‘m;
- Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali – 1 mlrd 371 mln so‘m;
- Namangan davlat pedagogika instituti – 1 mlrd 232 mln so‘m;
- Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti – 637 mln so‘m;
- Guliston davlat pedagogika instituti – 314 mln so‘m foyda ko‘rgan.
Ro‘yxatda keltirilgan davlat oliygohlarining 38tasi esa hisobot davrini zarar bilan tugatgan:
- Namangan davlat universiteti – 230 mlrd 864 mln so‘m;
- Chirchiq davlat pedagogika universiteti – 127 mlrd 733 mln so‘m;
- Urganch davlat universiteti – 85 mlrd 180 mln so‘m;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 51 mlrd 87 mln so‘m;
- Qoraqalpoq davlat universiteti – 42 mlrd 13 mln so‘m;
- Termiz davlat universiteti – 37 mlrd 663 mln so‘m;
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 35 mlrd 358 mln so‘m;
- Toshkent moliya instituti – 32 mlrd 795 mln so‘m;
- Jizzax davlat pedagogika universiteti – 27 mlrd 735 mln so‘m;
- Farg‘ona davlat universiteti – 19 mlrd 500 mln so‘m;
- O‘zbekiston milliy universiteti – 17 mlrd 843 mln so‘m;
- Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti – 15 mlrd 375 mln so‘m;
- Samarqand davlat universiteti – 13 mlrd 316 mln so‘m;
- Buxoro davlat universiteti – 11 mlrd 588 mln so‘m;
- Toshkent davlat texnika universiteti – 9 mlrd 694 mln so‘m;
- Toshkent kimyo-texnologiya instituti – 9 mlrd 539 mln so‘m;
- Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti – 9 mlrd 49 mln so‘m;
- Termiz muhandislik-texnologiya instituti – 8 mlrd 653 mln so‘m;
- Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti – 8 mlrd 88 mln so‘m;
- Andijon davlat universiteti – 7 mlrd 399 mln so‘m;
- Guliston davlat universiteti – 7 mlrd 93 mln so‘m;
- Buxoro muhandislik-texnologiya instituti – 4 mlrd 993 mln so‘m;
- Toshkent arxitektura-qurilish universiteti – 4 mlrd 439 mln so‘m;
- Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali – 3 mlrd 877 mln so‘m;
- Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali – 3 mlrd 690 mln so‘m;
- Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti – 2 mlrd 912 mln so‘m;
- O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali – 2 mlrd 767 mln so‘m;
- Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali – 1 mlrd 201 mln so‘m;
- M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahridagi filiali – 1 mlrd 164 mln so‘m;
- «TIQXMMI» milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti – 772 mln so‘m;
- «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS» ning Olmaliq shahridagi filiali – 692 mln so‘m;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti – 650 mln so‘m;
- Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali – 157 mln so‘m;
- Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali – 138 mln so‘m;
- O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti – 137 mln so‘m;
- «TIQXMMI» milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti – 103 mln so‘m;
- Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti – 59 mln so‘m;
- Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali – 4 mln so‘m;
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda jami 210ta OTM bo‘lib, ulardan 115tasi davlat organlari tasarrufidagi OTM, 65tasi nodavlat oliy ta’lim muassasalari, 30tasi xorijiy OTM va ularning filiallari hisoblanadi.