What is teach? Ta'limda sifat baholanadi


Xalq ta'limi vaziriligi va Jahon banki hamkorligida umumta'lim maktablarida dars sifatini baholashning yangicha usuli joriy etiladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, What is teach? deb nomlanuvchi dastur maktablardagi dars sifatini bir necha mezonlar asosida tadqiq qilishga mo‘ljallangan.

Unga ko‘ra, mutaxassislar saralab olingan o‘qituvchilarni 5 kun mobaynida trening kurslari asosida kuzatuvchilikka tayyorlaydi. Kuzatuvchilar darsga aralashmagan holda sinfxona muhiti, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlashi, uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish, ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish mezonlariga ko‘ra darsni baholashadi. Natijalar maxsus dasturga kiritiladi. Dastur jarayondagi kamchiliklarni avtomatik tarzda beligilab beradi. Shakllangan ma'lumotlar bazasi asosida Xalq ta'limi vazirligi sohadagi kamchiliklarni bartaraf etishi nazarda tutilgan.

«Ushbu dasturning asosiy maqsadini o‘qituvchilarni tekshirish yoki darsni nazorat qilish, deb tushunish kerak emas. Dastur dars o‘tilish sifatini xolis kuzatish va tegishli xulosalar asosida sifatni ko‘tarishni ko‘zlaydi», — deydi mutaxassis Sharanya Vasudevan.

Mazkur loyiha dastlab poytaxtdagi pilot maktablarda amalga oshirilib, keyinchalik respublikaning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.