Xalq ta'limi vazirligi akademiyasi paydo bo‘ladi


O‘zbekistonda xalq ta'limi vazirligi akademiyasini tashkil etiladi. Bu haqda 2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilgan, deb yozadi kun.uz.

Bildirilishicha, Xalq ta'limi vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi ikki oy muddatda xalq ta'limi xodimlarining kasbiy salohiyatini uzluksiz rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Bunda:

A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti negizida A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi vazirligi akademiyasini tashkil etish;

Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi hududiy xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari negizida Pedagogik mahorat institutlarini tashkil etish nazarda tutiladi.