E’LON! IJODIY IMTIHON: Karantin sharoitida o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqilmoqda


Maʼlumki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun 11-13 iyul kunlari Dastlabki imtihon — intellektual test jarayoni bo‘lib o‘tdi. Mazkur sinovlar onlayn tarzda muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Hozirda belgilangan tartibga ko‘ra test natijalari adolatli, shaffof va tezkorlik bilan tahlil etilib, Davlat test markazi bazasiga joylanmoqda. 

Navbatdagi bosqichda esa, avval xabar berganimizdek, Аkademiyaning maʼlum yo‘nalishlariga 15 iyuldan Ijodiy imtihonlar o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur tartib joriy yildan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida"gi 358-sonli qarori asosida tatbiq etildi.

Biroq hozirda epidemiologik vaziyat taqozosidan kelib chiqib, abiturientlar uchun Ijodiy imtihonni namunali tashkil etish va o‘tkazish jarayoni qayta ko‘rib chiqilmoqda(!).

Ijodiy imtihonga doir yangiliklar tez fursatda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sayti va telegramm kanallarida eʼlon qilinadi. Shu bois abiturientlarni chalgʼituvchi boshqa turli sayt va telegramm kanallaridagi axborotlarga ortiqcha eʼtibor bermaslikni so‘raymiz. 

Yangiliklardan o‘z vaqtida boxabar bo‘lib borish uchun akademiya saytiga muntazam eʼtibor qaratib boring.

Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati