Rasman: maktablarda o‘qish onlayn bo‘ladi, talabalar ham onlayn o‘qib turadi


Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalish xavfini oldini olish maqsadida 24 yanvardan boshlab maktablardagi ta’lim jarayoni bir oy davomida onlayn shaklda olib boriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Masofaviy shaklda o‘quvchilarning sifatli o‘qishi uchun darslar Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari hamda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali berib boriladi.

«Onlayn maktab» loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda ushbu telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.

Shuningdek barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda joriy yilning 24 yanvaridan bir oy muddat davomida ta’lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.

Bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn ta’lim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi.

Temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022 yil 24 fevralga qadar avia va temiryo‘l chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.