O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasiga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!


Dastlabki imtihon o‘tkazish shakli onlayn-masofaviy tarzda bo‘lib, imtihon https://test.iiau.uz/ sayti orqali o‘tkaziladi.

Bu jarayonda Abituriyent o‘ziga tegishli bo‘lgan login va parol orqali saytga kiradi.

login va parol bu — abituriyentning o‘z passport va ID kartasining seriya hamda raqami hisoblanib, uni passportda ko‘rsatilganidek to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirish zarur (!).

Eslatib o‘tamiz! Dastlabki imtihon 14-15-16 iyul kunlari onlayn-masofaviy tarzda bo‘lib o‘tadi. Shu kunlari sayt 24 soat davomida to‘liq ochiq bo‘lib, abituriyent o‘ziga qulay vaqtda Dastlabki imtihonda ishtirok etishi mumkin.

Dastlabki imtihon natijalari 17 iyul kun eʼlon qilinadi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati