Malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:
- o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I — IX sinflarida «Chet tili» fani, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;
- V — IX sinflarda «Informatika» va «Mehnat ta’limi»;
- VIII — IX sinflarda «Jismoniy tarbiya»; ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II — IX sinflarida «O‘zbek tili» fani;
- ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II — IX sinflarida «Rus tili» fani bo‘yicha.
Guruhlarni alohida qiz va o‘g‘il bolalarga bo‘lib darslarni o‘tish ko‘zda tutilmagan.