Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi


2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.

Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.