Kechki ta’limda o‘qishni haftada 4-5 kunga o‘tkazish taklif etilmoqda


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihada qator takliflar ilgari surilgan. Unga ko‘ra:

  • o‘quv semestri yakunigacha bo‘lgan muddatda sirtqi ta’limda o‘qish mustaqil, shu jumladan, masofadan turib ta’lim olish shaklida amalga oshiriladi;
  • o‘quvchi har bir semestr davomida tasdiqlangan reja-jadval asosida kamida bir marta ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi;
  • sirtqi va kechki ta’limda masofadan turib o‘qitish o‘quvchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda amalga oshiriladi;
  • kechki ta’limda o‘qish bir haftada 4-5 kundan iborat bo‘ladi.