Angren shahrida Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti ochiladi


Uchrashuv davomida Angren shahrida Kukmin universitetini ochish bo‘yicha dastlabki kelishuv imzolandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Yangi tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasasida muhandislik, elektron muhandislik va informatika, axborot xavfsizligi, arxitektura, dizayn, biznes boshqaruvi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish lozim, Kukmin universitetiga 1946 yilda asos solingan bo‘lib, bugungi kunda uning tarkibida 15 ta fakultet faoliyat yuritib kelmoqda.