Test sinovlari 5-avgustdan boshlanadi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni tasdiqlandi.

Unga ko‘ra pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021-2022-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan boshlanadi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.