O'zbekistondagi Oliy harbiy ta’lim muassasalari


Hozirgi kunda Mudofaa vazirligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti mamlakatda milliy ofitserlar tayyorlash tizimini yuqori pog‘onaga ko‘tardi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida Qurolli Kuchlarimiz uchun 40 dan ortiq yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlanmoqda.

2017 yil aprel oyida Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining asrlik shonli a’nanalarini davom ettirish, ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada yuqori sifatga kutarish maqsadida, uning bazasida mutlaqo yangi ko‘rinishga va mazmun ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.

Bugungi kunda oliy harbiy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun qo‘yidagi mutahassisliklar bo‘yicha yetuk ofitser kadrlar tayyorlanmoqda:

1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi umumqo‘shin fakulteti

Motoo‘qchi va chegara qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi va qo‘shinlar razvedkasi taktik qo‘mondonligi kabi yo‘nalishidagi mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘qish muddati 4 yil. Bilim yurtining manzili: 100023, Toshkent shahri, Parkent ko‘chasi, 2.

2. Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti

  • tank qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
  • havo-desant qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
  • teppopizmga qapshi kupashish bo‘linmalapi taktik qo‘mondonligi;
  • maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalari taktik qo‘mondonligi;
  • zenit raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • zirxli tank qurollari va texnikalari taktik muhandisligi 

kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘qish muddati 4-5 yil. Bilim yurtining manzili: 111715, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Amir Temur ko‘chasi, 15.

3. Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti

  • avtomobil bo‘linmalari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • artilleriya taktik qo‘mondonligi;
  • muhandislik qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
  • kimyoviy qo‘shinlar taktik qo‘mondonligi;
  • raketa-artilleriya qurollari va o‘q-dorilari taktik muhandisligi;
  • front orti ta’minoti taktik qo‘mondonligi (oziq-ovqat ta’minoti, kiyim-kechak ta’minoti, yoqilg‘i-moylash ta’minoti);

kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘qish muddati 4 yil. Bilim yurtining manzili: 103056, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 56.

4. Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti

  • vertolyot aviatsiyasi taktik qo‘mondonligi (uchuvchilar);
  • aviatsiya taktik muhandisligi (aviatsiya jihozlarini ishlatish);
  • aviatsiya taktik muhandisligi (uchish apparati dvigatellarini ishlatish);
  • aviatsiya taktik muhandisligi (radioelektron jihozlarini ishlatish);
  • aviatsiya taktik muhandisligi (aviatsiya qurollarini ishlatish) 

kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘qish muddati 5 yil. Bilim yurtining manzili: 108000, Jizzax shahri, Hamroqul Nosirov ko‘chasi, 3.

5. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti

  • telekommunikatsiya tizimlari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • radiokommunikatsiya tizimlari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • axborot xavfsizligi va axborot texnologiyalari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • radiotexnik qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • zenit-raketa qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • kriptografik himoya va maxfiy rejim taktik qo‘mondon-muhandisligi

kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘qish muddati 5 yil. Maxsus fakultet manzili: 100190, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Mirzaahmedov ko‘chasi, 9.

6. Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti:

Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda boshqa tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining davolash fakulteti 5 kursini bitirgan talabalar qabul qilinadi va harbiy vrachlar tayyorlanadi. O‘qish muddati 2 yil. Fakultet manzili: 100000, Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 4.

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish tartibi

Manba: mudofaa.uz