Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun alohida kvota ko‘rsatkichlari tasdiqlandi


O‘zbekiston Prezidentining 2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi, deb yozadi kun.uz.

Qaror bilan 2019/2020 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shaklining har biri bo‘yicha alohida besh foizli qabul ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun bakalavriatning kunduzgi (4008ta o‘rin), sirtqi (908ta o‘rin) va kechki (99ta o‘rin) ta'lim shaklining har biri bo‘yicha alohida besh foizli qabul ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.

Joriy yilning aprelida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining shunga oid qaror loyihasi joylashtirilgandi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun respublika OTMlarning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida alohida qabul kvotalari ajratilishi ko‘zda tutilgandi.