Abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim bilan kelishlari mumkin


Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada:

1-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;

2-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilishini inobatga olgan holda abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka, panama) bilan kelishlari mumkin.