2 mingdan ziyod talabalarning kontrakt puli to‘lab berildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.

Xabaringiz bor, keyingi paytlarda kelajagimiz egalari bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi – «Yoshlar daftari» va «Yoshlar dasturlari» hayotga tatbiq etilmoqda.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida o‘tgan 8 oy mobaynida «Yoshlar daftari»ga kirgan 430 ming nafar yigit-qizning muammolarini hal etish uchun 300 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Jumladan, «Temir daftar»dagi oilalar farzandlari bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabalarning kontrakt puli to‘lab berildi.

Bundan buyon, har qanday investitsiya loyihasining bosh maqsadi avvalo yoshlar bandligi masalasini hal etishga qaratilishi kerak. Bu hamma joyda, o‘zgarmas qoidaga aylanishi zarur.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar va talabalar forumida ma’lum qildi.