Henri Ford:
“Puldan tashqari hech nimani tan olmaydigan tadbirkorlik qashshoqlikdir."
***
Jon Grinlef:
“Kichik tadbirkor, shuni bilginki, sen uchun halollikdan yaxshiroq yuksalish quvvati yo‘q."
***
Koko Chanel:
“Hayotda zerikishga vaqt yo‘q. Hayotda mehnat qilish va sevish uchun vaqt bor. Bular esa boshqa narsalarga o‘rin qoldirmaydi."
***
Robert Orben:
“Har kuni tongda uyg‘ongach, boylarning yangi ro‘yxatini ko‘rish uchun “Forbes" jurnalini varaqlayman. Agar u yerda ismim bo‘lmasa, yanayam qattiqroq mehnat qilish uchun ishga shoshaman."
***
Xerold S. Genin:
“Iqtisod olamida har kimga ikkita tanga beriladi: biri mablag‘ olish uchun, ikkinchisi tajriba uchun. Sen avvalo tajribani xarid qil, so‘ngra mablag‘ning o‘zi keladi."
***
Henri Vard Bicher:
“Har bir yosh tadbirkor biznesdagi muvaffaqiyatning asosi yaxshi fazilatlar ekanini bilib olishi lozim."
***
Robert Shuller:
“Omadsizlikka uchrash “sen omadsiz san" degani emas, aksincha “omading hali oldinda" degani."
***
Adlay Stefenson:
“Tadbirkorlikda kompaniyaning haqiqiy xo‘jayini bu – xaridor. Chunki u qaror qilasa pulini boshqa yerda sarflashi va kompaniyani kasodga uchratishi mumkin."
***
Andre Marloks:
“Rahbarlik – xalqqa xizmat qilishdir. Bundan ortiq, bundan kam emas."
***
Klement Stoun:
“Harakat, harakat, harakat va yana harakat har qanday sohada peshqadam bo‘lishning bosh qoidasi."
***
Aleksis de Tokvil:
“Biz o‘zimizdagi ijobiy fazilatlar bilan muvaffaqiyat qozondik. Ammo, “eng zo‘r"ga aylanish uchun kamchiliklardan saboq olish zarur."
***
Charlz Kettering:
“Yuqori natijalar doimo yuqori umidlar tufayli qo‘lga kiritiladi."
***
Edvard Apleton:
“Boshqaruvda kasbiy mahoratdan ko‘ra kasbga bo‘lgan ishtiyoqni qadrlayman."
***
Lord Akton:
“Men puxta tadbirkor emasman. Lekin mohir san’atkorman. Men pul haqida o‘ylamayman. Go‘zal narsalar pul olib kelishini yaxshi bilaman."
***
Robert Shuller:
“Qo‘rqma! Qo‘rquvga quloq tutsang, qanchalik buyuk inson ekanligingni bilmay o‘tib ketasan."
***
Pol Getti:
“Bankda 100 dollar asrayotgan bo‘lsang, bu sening muammong. Mabodo, bankdagi hisobing 100 million dollar bo‘lsa, bu bankning muammosi."
***
Stiv Jobs:
“Biznesda muvaffaqiyatli inson yo‘lboshchi, qolganlar esa unga ergashuvchidir. Yo‘lboshlovchi va ergashuvchini bir-biridan farqlaydigan narsa – yangilikdir."
***
Charlz Jaffe:
“Boy bo‘lishing oyligingga emas, sarf-xarajat qilishingga bog‘liq."
***
Deyl Karnegi:
“Dunyodagi eng buyuk ishlar umidi ajal ostonasiga borgan mahalda harakatni to‘xtatmagan kishilar tomonidan uddalangan."
***
Edvards Deming:
“Mijoz sizning xizmatingiz yoki mahsulotingizdan do‘stlari, yaqinlari oldida faxrlansin. Ana shunda siz mijozning do‘stlarini ham xaridorlar safiga qo‘shasiz. Foyda shu orqali oshadi."
***
B. S. Forbes:
“Haqiqiy boy – avvalo qalban boy bo‘ladi."
***
Frank Lloyd:
“Fermada oddiy tovuqxona qurayotgan bo‘lsang ham, go‘yoki o‘zingga imorat tiklayotgandek diqqatli va g‘ayratli bo‘l."
***
Stiv Jobs:
“Yangilik qilganingda xato qilishing ham tayin. Muhimi xatoni tezda anglashdir."
***
Volter Skot:
“Tadbirkorlikda muvaffaqiyat yoki inqiroz qobiliyatga emas, xulq-atvorga ko‘proq bog‘liq."
***
Aristotel:
“Tadbirkorlikning siri boshqalar bilmagan tadbirdan boxabar bo‘lishdir."
***
Kolin Pauel:
Muvaffaqiyatning sirli joyi yo‘q – bu puxta tayyorgarlik, qattiq mehnat va omadsizlikdan saboq olish degani.
***
Manba: erkak.uz