Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi da’vo arizasiga ko‘ra, Collegum Humanum Varshava menejment universitetining litsenziyasi Andijon viloyat sudi tomonidan bekor qilindi.
Vazirlik da’vosi Asaka tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan birinchi instansiyada rad etilgan edi. Biroq Andijon viloyat sudi tomonidan apelyatsiya instansiyasida da’vo to‘liq qanoatlantirildi.
Hozirda ushbu ish Asaka tumanlararo iqtisodiy sudiga taftishga yuborilgan.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning sentyabrida Polshaning sobiq Yevropa Ittifoqi qonunchisi va Yevropa Parlamentining vitse-prezidenti Ryszard Czarnecki Collegium Humanum xususiy universiteti tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy harakatlar sabab hibsga olingani edi.
Universitet Polshaning Markaziy Korrupsiyaga qarshi kurash byurosi (CBA) tomonidan tekshirilgan. Xususan, byuro Collegium Humanum universiteti MBA diplomlarini moddiy va shaxsiy manfaatlar evaziga berib, talabalarni Polshaning davlat kompaniyalari boshqaruv kengashlariga kiritganini da’vo qilingan edi.
Universitetning asoschisi va sobiq rektori Paweł Czarnecki CBA tomonidan fevral oyida hibsga olingan.