Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berish tartibi


Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) ta’lim krediti berish tizimi joriy etilgan.

Kimlarga beriladi?

  • O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari);
  • O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi kurslarga beriladi?

  • Barcha kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yo‘q.

Qaysi ta’lim shakliga beriladi?

  • Kunduzgi;
  • Sirtqi;
  • Kechki.

Quyidagilarga berilmaydi:

  • super-kontrakt;
  • qo‘shma ta’lim;
  • masofaviy ta’lim;
  • ikkinchi mutaxassislik;
  • ordinatura;
  • xorijdagi OTMlarga.

To‘lash qachondan boshlanadi?

Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.

Foizsiz ta’lim krediti olish uchun kam ta’minlangan bo‘lish kerakmi?

  • Yo‘q, ushbu ta’lim krediti oilaviy ahvolidan qat’i nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap noto‘g‘ri.