Xorijda olingan diplom nostrifikatsiya qilinadigan sana ma’lum bo‘ldi


Nostrifikatsiya uchun navbatdagi sinov test kunlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi Feruza Madrahimova xabar qilib o‘tdi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 24-28 fevral kunlari quyidagi sohalar bo‘yicha sinov testlari bo‘lib o‘tadi:

— Huquqshunoslik;
— Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;
— Iqtisodiyot;
— Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish;
— Boshlang‘ich ta’lim;
— Pedagogika fanlari.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o‘z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan talabgorlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.