“Uzbekistan Airways” uchuvchilar tayyorlash kursiga qabul haqida e'lon qildi


“Uzbekistan Airways" Aviakompaniyasining O’quv-mashg’ulot Markazida 2-dekabrdan boshlab fuqarolar aviatsiyasi uchuvchilarining dastlabki tayyorgarligi kurslarida o’qish uchun nomzodlardan hujjatlar qabul qilish boshlanadi, deyiladi MAK xabarida.

Qabul talablari:

- hujjat topshirish vaqtida yoshi 27 ga to’lmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;

- tugallangan texnik oliy ma’lumotga ega bo’lganlar;

- chet el oliygohini tugallagan taqdirda, oliy ma’lumot haqidagi diplomning nostrifikatsiya qilinganligi haqida guvohnomaga ega bo’lganlar;

- natijasi 6.0 dan past bo’lmagan IELTS sertifikatiga ega bo’lganlar;

- harbiy biletga ega bo’lganlar va harbiy xizmatga yaroqli bo’lganlar;

Yuqorida keltirilgan shartlarning birortasiga rioya qilinmagan taqdirda hujjatlar qabul qilinmaydi, belgilangan talablardan chetlanishga yo’l qo’yilmaydi.

Hujjatlar qabul qilingach, nozmodlar tibbiy ko’rik, malakali psixolog qabuli va oliy matematika va fizikadan imtihonlardan o’tishadi.

Markaz sayti: www.aviatraining.uz

Manzil: Qumariq ko’chasi, 120-uy. Mo’ljal: Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportidan Aviashaharcha tomon yo’nalishdagi jamoat transporti bekati.