Toshkentdagi nomdor maktablarga qabul DXM orqali bo‘ladi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagi maktablarga 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi, deb yozadi xabar.uz.

Bektemir tumanidagi 289,290, 291,293-son maktablariga;

Mirobod tumani 31,60, 94, 110, 125, 263-son maktablariga;

Mirzo Ulug‘bek tumani 35, 50, 64, 71, 187, 210, 279-son maktablariga;

Olmazor tumani 159, 191, 233, 242, 243, 249, 298-son maktablariga;

Sergeli tumani 6,7,300-son maktablariga;

Uchtepa tumani 38, 44, 74, 75, 107, 228, 238-son maktablariga;

Chilonzor tumani 101, 103, 164, 168, 178, 184, 195, 217, 280-son maktablariga;

Shayxontohur tumani 19, 34, 42, 59, 169, 180, 314-son maktablariga;

Yunusobod tumani 5, 17, 43, 51, 86, 97, 98, 235, 246, 257, 260, 272, 302, 313-son maktablariga;

Yakkasaroy tumani 89, 91, 144, 160-son maktablariga;

Yashnobod tumani 61, 145, 151, 152, 166, 282, 307-son maktablariga.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani Profilli mehnat ta’limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga;

Mirzo Ulug‘bek nomidagi astronomiya, fizika, matematika, informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga;

Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga;

Uchtepa tumani Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga;

Yunusobod tumani Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga;

Olmazor tumani Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga.