Toshkentdagi Inha universiteti talabalari noyob dastur yaratishdi


Toshkentdagi Inha universitetining to‘rtinchi kurs talabalari — Abdulloh Asqarov, Shahobiddin O‘rmonov, Sardor Ibrohimov, Bedilbek Hamidov, Eldor Abduhamidov, Sherzod Niyozov professor Frensis Tay boshchiligida C-Vision noyob sun’iy ko‘rish tizimini yaratdilar. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

«Dastur odamning qarashini aniqlaydi, uning his-tuyg‘ularini taniydi va ushbu ma’lumotlarni, masalan, real vaqtda ma’ruzachining ma’ruzasi bilan taqqoslaydi. Ushbu xizmat ma’ruzaning har soniyasida tinglovchilar tomonidan idrok etish yoki sezmaslik darajasini belgilaydi» — deydi talaba Abdullox Asqarov.

Dastur mobil hisoblanib, u mutlaqo turli sohalarda — ta’lim, xavfsizlik, reklamalarda ishlatilishi mumkin.

«Dastur katta tadbirlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlatilishi ham ko‘zda tutilgan. Masalan, bir necha soniya ichida xizmat hissiyotlarni taniy oladi va tahlil qiladi, natijada sport stadionida, konsert zalida minglab odamlarning niyatlarini aniqlab bera oladi. Dastur salbiy his-tuyg‘ularga ega odamlarni aniqlaydi va ularni alohida klasterga joylashtiradi. Bu xavfsizlik xodimlarining ishini ancha yengillashtiradi», — deydi dasturchilar.

Bundan tashqari, uni ta’lim sohasida qo‘llash mumkin bo‘lib, u talabalarning ma’ruza, dars jarayonida qanchalik qiziqish bilan o‘qituvchini tinglashayotganini aniqlaydi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari o‘zlarining ijobiy harakatlari bilan Varshavada bo‘lib o‘tgan Microsoft Thenext AIGuardians-2019 xalqaro sun’iy intellekt tanlovining final bosqichida ishtirok yetdilar va bunday tanlovda birinchi marotaba ishtirok etishlariga qaramay, uning g‘olibiga aylandilar. Bundan tashqari, xuddi shu loyiha bilan, talabalar Google TakeOff-2019 xalqaro startap tanlovida ishtirok etib, eng yaxshi 50 ta loyiha qatoridan joy egalladilar.