Toshkentda «Ko‘ngilochar matematika» festivali bo‘lib o‘tadi


15 – 17 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida uchinchi «Ko‘ngilochar matematika» o‘quv-amaliy festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival maktab, litsey, kollej va boshqa barcha o‘quv yurtlari talabalari, matematika o‘qituvchilari, shuningdek, ushbu fanga qiziqadiganlarning barchasiga qaratilgan.

Festivalda 20 xil matematik stendlar namoyish etiladi. Toshkentdagi Inha universitetiga Janubiy Koreyaning turli o‘quv yurtlaridan 20 dan ortiq matematika o‘qituvchilari tashrif buyuradilar.

Uch kun davom etuvchi tadbir mobaynida Janubiy Koreyadan kelgan mehmonlar turli xil matematik masalalar va sohaga bog‘liq bo‘lgan bilimlari bilan o‘rtoqlashadilar.

Festival 15 yanvar kuni soat 13.00 da Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi. Barcha xohlovchilar uchun kirish bepul.


Manba: xabar.uz