Toshkentda Janubiy Koreyaning yana bir universiteti filiali ochiladi


Toshkentda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti (Bucheon University) o‘z filialini ochadi. O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Puchon universiteti professori Li Dong Vuk tomonidan bu borada bayonnoma imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati bergan ma’lumotga asoslanib, «Sputnik» xabar berdi.

Xabarda qayl etilishicha, universitet filialida maktabgacha pedagogika va psixologiya fakultetlari ochiladi. Filial shu yilning sentyabrida o‘z ishini boshlaydi.

Avvalroq Toshkent shahrida Koreya Respublikasi yetakchi oliy tibbiy ta’lim muassasalaridan birining faoliyatini tashkil etilishi haqida xabar bergan edik