Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro D.X. fuqaro Z.A.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasiga kirish uchun o‘tkaziladigan ijodiy imtihondan yuqori ball olib berib, davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Norin tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro A.V. fuqaro J.U.ning ishonchiga kirib, uni Toshkent shahridagi xususiy universitetlardan biriga 3 kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.