- 13 aprel 1919 yilda Turkiston davlat universiteti tarkibida tibbiyot fakultetini tashkil etish qarori qabul qilingan.
- 1931 yilda tibbiyot fakulteti mustaqil tibbiyot institutiga shakllantirilgan.
- 1990 yilga kelib bir necha o‘quv bazalarida joylashgan katta institutni boshqarishda tug‘ilgan qiyinchiliklarni eʼtiborga olib institutni ikki kismga – birinchi va ikkinchi tibbiyot institutlariga ajratish xakida 1990 yil 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori qabul qilingan.
- Toshkent Tibbiyot Akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 19 iyulidagi PF-3629 sonli farmoni asosida faoliyati tugatilgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlarining negizida yuqori malakali tibbiy xodimlarini tayyorlash sifatini oshirish va o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy talablariga javob beradigan zarur o‘quv va moddiy-texnik bazani yaratish, unga ilgor taʼlim texnologiyalarini kiritish asosida yangi mazmun bilan boyitish, bo‘lg‘usi mutaxassislar tayyorlanishini tibbiyot amaliyotining muayyan ko‘nikmalari bilan bir vaktda egallashlarini uzviy bog‘lash maqsadida tashkil etilgan.
Hozirgi kunda Toshkent Tibbiyot akademiyasida quyidagi fakultetlar mavjud:
Davolash fakulteti
Fakultetda «davolash ishi» taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotli umumiy amaliyot vrachlari tayyorlanadi.
Fakultetda taʼlim o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
O‘qish muddati 6 yil.
Tibbiy-pedagogika fakulteti
Fakultet vrach-pedagog ixtisosligi bo‘yicha umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlaydi.
O‘qish muddati 6 yil.
Ushbu fakultet bitiruvchilari kelgusida davolash-profilaktika muassasalarida yoki tibbiyot kollejlarida
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Tibbiy-profilaktika fakulteti
Fakultet – umumiy vrach gigiyenist-epidemiolog mutaxassislarini tayyorlaydi.
O‘qish muddati 5 yil.
Bitiruvchilar sanitar-epidemiologiya xizmati muassasalarida faoliyat yuritishi yoki tanlangan
yo‘nalish bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.
Oliy maʼlumotli hamshiralar fakulteti
Fakultet quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi: hamshiralik ishida menejment, hamshiralik ishida anesteziologiya va reanimatsiya, hamshiralik ishida jarrohlik, hamshiralik ishida akusherlik.
Bitiruvchilar magistraturada o‘qishni davom ettirishi yoki quyidagi sohalarda o‘z faoliyatini olib borishi mumkin:
– tibbiyot kollejlarda taʼlim ishi;
– yetakchi jarrohlik hamshirasi;
– yetakchi anesteziologiya va reanimatsiya hamshirasi;
– tug‘ruq bloklarida (komplekslari) akusherka;
– bosh hamshira (hamshiralik ishida menejment).
O‘qish davomiyligi 3 yil.
Malaka oshirish fakulteti
Malaka oshirish fakulteti Toshkent tibbiyot akademiyasining 2015 yil 20 avgustdagi 243-sonli buyrug‘i asosida faoliyat ko‘rsata boshladi.
Harbiy-tibbiyot fakulteti
Fakultet tibbiy xizmat ofitserlari, rezerv va zahiradagi tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha oliy harbiy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Fakultetga davolash fakultetining 4 kurs bitiruvchilari tanlov asosida qabul qilinadi.