Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Yaponshunoslik fakulteti ochildi


Joriy yilning 4-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Yaponshunoslik fakulteti ochildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tadbirda Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Fudjiyama Yoshinori va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

1992-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tashkil etilgan Yapon filologiyasi kafedrasi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyoda yapon tilini o‘qitish bo‘yicha ochilgan birinchi o‘quv maskani sanaladi.

Oxirgi yillarda ToshDShIda yaponshunoslik sohasida qilingan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari yangi fakultet shakllanishiga asos bo‘ldi.