Ko‘pchilik abituriyentlar orasida tibbiyot sohasiga qiziquvchilar yetarlicha. Kimdir shifokor bo‘lishga qiziqsa, yana kimdir farmatsevt. Bu soha bo‘yicha oliy taʼlimda necha yil o‘qish kerak va oliy taʼlim tamomlangandan keyin qanday mutaxassislikka ega bo‘lish mumkin?
Bu savollarning barchasiga quyidagi javdaldan javob olishingiz mumkin:
Т/R | Taʼlim yo‘nalishlari | O‘qish muddati | Bitirgandan keyingi malaka |
1 | Davolash ishi | 6 yil | Umumiy amaliyot shifokori |
2 | Kasbiy taʼlim (davolash ishi) | 6 yil | Umumiy amaliyot shifokori — pedagog |
3 | Pediatriya ishi | 6 yil | Umumiy pediatr shifokori |
4 | Harbiy tibbiyot (davolash ishi) | 6 yil | Harbiy shifokor |
5 | Tibbiy-biologiya ishi | 4 yil | Fundamental tibbiyot mutaxassisi |
6 | Tibbiy-profilaktika ishi | 5 yil | Gigiyena-epidemiologiya shifokori |
7 | Stomatologiya | 5 yil | Umumiy stomatolog shifokori |
8 | Oliy hamshiralik ishi (o‘rta maxsus kasb-hunar tibbiy taʼlim negizida) | 3 yil | Oliy hamshiralik ishi mutaxassisi |
9 | Klinik psixologiya | 5.5 yil | Klinik psixolog — ijtimoiy xodim |
10 | Farmatsiya | 5 yil | Farmatsevt |
11 | Kasbiy taʼlim (farmatsevtika ishi) | 5 yil | Farmatsevt — pedagog |
12 | Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) | 4 yil | Farmatsevt — texnolog |
13 | Farmatsevtik biotexnologiya | 4 yil | Farmatsevt — biotexnolog |
14 | Biotibbiyot muhandisligi | 4 yil | Biotibbiyot muhandisi |
15 | Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti | 4 yil | Farmatsevt — tahlilchi |