TEAM University talabasi bo‘lish uchun imtihon topshirilmaydi


Avvalgi postlarimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan nodavlat TEAM universiteti tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.


Ushbu universitet boshqa oliygohlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

❇️ Buyuk Britaniyaning kuchli hamkor universiteti ko‘magi bilan taʼlimga eng mos keluvchi yondashuvlar va usullar joriy qilish;

❇️ Interaktiv o‘quv texnologiyalari, mahalliy va xorijiy biznesda muvaffaqiyat qozonga mutaxassislarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki orqali amaliy ko‘nikmalarni oshirish;

❇️ Amaliy tadqiqotlar markazi, zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy tadqiqot va biznes tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

❇️ Amaliyot dasturlari va eng yaxshi mahalliy va xorijiy kompaniyalarda o‘qishni tugatishdan oldin ish topish imkoniyati;


TEAM University talabasi bo‘lish uchun imtihonlar bo‘lmaydi. O‘qishga kirish uchun bir necha hujjatlar topshirish kerak bo‘ladi. Bu hujjatlar asosida 500 ta eng yaxshi talabalar tanlab olinadi.


Hujjatlar ro‘yxati:

❇️ kamida 5.5 ga teng bo‘lgan IELTS yoki uning ekvivalenti (CEFR - B2, CAE - 46, TOEFL - 47-59 ball);

❇️ o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi attestat;

❇️ pasportdan 1 nusxa;

❇️ universitetning to‘ldirilgan anketasi;


❇️ Qabul kunining qachon boshlanishi tez kunlardada ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi.