Soliq organlarida 515 mingdan ortiq ijara shartnomalari hisobga qo‘yildi. Ushbu shartnomalar bo‘yicha 600 mlrd so‘mga yaqin soliqlar hisoblangan.
2025 yilning 1 avgust holatiga, jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 356,1 mingta ijara shartnomasi asosida 445 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, 2024 yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 9,1 foiz va hisoblangan daromad solig‘i summasi 46,6 foizga oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining "Fiskal tahlillar" kanalida ma’lum qilindi.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 159,1 mingta ijara shartnomasi asosida 154,5 mlrd so‘m soliq hisoblanib, 2024 yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 14,1 foiz va hisoblangan soliq summasi 34,7 foizga oshgan.
Uy-joylarni talabalarga ijaraga bergan soliq to‘lovchilar daromadlari soliqdan ozod etilgan. Yanvar-iyulda daromad solig‘idan 40,7 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llandi. Talabalar bilan 65,3 mingdan ortiq ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 95 307 nafarni tashkil etdi.