Prezidentning 30.10.2017 yildagi PF–5216-son «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.
Hujjat bilan Toshkent davlat stomatologiya instituti tashkiliy tuzilmasining yangi tahriri tasdiqlandi. Endi unda 5 ta fakultet ko‘zda tutilgan:
- Stomatologiya fakulteti;
- Bolalar stomatologiyasi fakulteti;
- Tibbiy-pedagogika fakulteti;
- Davolash fakulteti;
- Malaka oshirish fakulteti.
Eslatib o‘tamiz, muqaddam 3 ta fakultet faoliyat ko‘rsatar edi: stomatologik jarrohlik, stomatologik terapiya va bolalar stomatologiyasi.
Bundan tashqari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilash ishlash bo‘yicha prorektor lavozimi joriy etildi. Barcha tuzilmaviy bo‘linmalarining shtatlari soni va xodimlar kategoriyalari konunchilik tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan me’yorlar bilan aniqlanadi. Muqaddam boshqaruv xodimlari soni hamda bo‘limlar, kafedralar va boshqa xodimlar soni aniq raqamlar bilan belgilab qo‘yilgan edi.
Manba: norma.uz