ISFTning haqiqiy bilim va tajribaga bo‘lgan qarashlari O‘zbekiston ta’lim tizimidagi bilim yurtlaridan ajralib turadi. Bizning nazarimizda sifatli bilim va ta’lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
• Yetuk va iqtidorli kadrlarni jahon standartlari bo‘yicha tayyorlash va butun dunyo boylab ishlash imkonini beruvchi diplomlar bilan taqdirlash;
• Bilimni tekshirish va baholashning soddalashtirilgan tizimi va byurokratik tizimning yo‘qligi;
• Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabaning doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanishi;
• Xalqaro standartlarga javob beruvchi kasbiy-o‘qituvchi va mutaxasislar tarkibi talabalarni porloq kelajakka boshlashlari;
• Haqiqatan ham MDH va butun jahonda ishlovchi va ish topishda ko‘maklashuvchi xalqaro diplomning berilishi;
• Korrupsiyasiz mutlaqo shaffof tizim joriy qilinganligi;
• Bitiruvchilarga ish topishda yordam beruvchi talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi.
• Va albatta, talablarga grantlar tizimini joriy qilinishi;
• Iqtidorli talabalarning 3-bosqichdanoq ish bilan ta’minlanishlari.
International School of Finance and Technology — o‘qitish va bilim olishga yangicha yondashuv
Qo‘shimcha qilib shuni aytish kerakki, 2019-yil 2-sentabr kuni mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan ISFT va hamkor tashkilotlar tomonidan bayram tuhfasi sifatida talaba va abituriyentlarga ISFT tomonidan 11 200 000 so‘mdan 21 600 000 so‘m miqdorida grantlar joriy qilindi.
ISFTning oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu — O‘zbekiston miqyosida talabalarga yuqori sifatli bilim berish va ularning kelajakda ish o‘rinlariga joylashishidir. Shu sababli ISFTning yuqori malakali o‘qituvchilar tarkibi tomonidan talabaning 4 yil davomida xalqaro standartlar bo‘yicha sifatli ta’lim olishlari kafolatlanadi.
ISFT bo’yicha umumiy ma’lumot
Yo’nalishlar:
- Xalqaro Amaliy Buxgalteriya
- Xalqaro Biznes Boshqaruvi
- Informatsion Texnologiyalar
Kirish:
- Boshlang’ich ingliz tili
Qabul:
- 25-sentyabrgacha davom qiladi
Grantlar:
- 12 ta hamkor tashkilotlar grantlari
- 100 ta to’liq ISFT grantlari
Batafsil ma’lumotni +998 78 147 37 37 yoki www.isft.uz web saytidan olinishi mumkin.