Qozoq davlat yuridik universiteti o‘zbekistonlik o‘quvchilar uchun 10ta grant ajratdi


Qozoq davlat yuridik universiteti O‘zbekistonda o‘rta maktabni tamomlagan 10 bitiruvchiga grant ajratdi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

«Qozoq davlat yuridik universiteti boshqarma raisi Talg‘at Narikbayev universitet o‘zbekistonlik o‘rta maktab bitiruvchilariga 10 ta grant va o‘qish paytidagi turar joy ajratishini ma’lum qildi. U bu haqda Scopus Award 2019 mukofotini taqdim etish marosimida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va O‘zbekiston Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuv paytida aytib o‘tdi», - deb ma’lum qildi universitet vakillari.

Talg‘at Narikbayev Toshkentga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahim Hakimov bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti - Yelbasi Nursulton Nazarboyev Toshkentda Markaziy Osiyo Davlatlar rahbarlarining Maslahat uchrashuvida Qozog‘istonning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalaridan mintaqadagi harbir mamlakatga 10tadan grant ajratishni taklif qilgandi.