Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida ro‘yxatga olish daftarchalari (“zachyotka") bekor qilindi. Bu haqda daryo.uz yozmoqda.
Ushbu yangilik talabalar, magistrantlar va doktorantlarga taalluqli.
“Qozog‘istondagi OTMlarda talabalar, magistrant va doktorantlarning natijalari aks etadigan axborot tizimi joriy qilinmoqda, barcha ma’lumotlar transkriptda aks etadi. Transkript talaba so‘rovi asosida ta’limning har qanday davri uchun beriladi", — deyiladi Qozog‘iston Ilm-fan va ta’lim vazirligi xabarida.
Ushbu qaror ta’lim muassasalarida byurokratik to‘siqlar va ortiqcha hujjatbozliklarning qisqartirilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
“Ta’lim tizimi bosqichma bosqich onlayn-formatga o‘tmoqda", — deyilgan xabarda.