Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida test sinovlari yakunlandi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida test sinovlari yakunlandi

14-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari yakunlandi.

✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 52 292 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

- 51 442 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;

- 837 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi;

- 8 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;

- 5 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.


✅ Andijon viloyatida jami 73 713 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

- 71 812 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;

- 1 836 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi;

- 19 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;

- 46 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

✅ Xorazm viloyatida jami 55 295 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

- 53 685 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;

- 1 594 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi;

- 16 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

✅ Samarqand viloyatida jami 96 197 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

- 93 800 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;

- 2 258 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi;

- 42 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;

- 97 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Buxoro viloyatida test sinovlari davom etmoqda.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Davlat test markazining rasmiy telegram kanali: @rasmiydtm