O‘tgan yakshanba kuni maqolamizning birinchi qismini saytimizda chop etgan edik, bugun esa ushbu maqolaning ikkinchi qismini o‘qishingiz mumkin.
4 – Jadval tuzing
Kevin Kruz (Kevin Kruse) milliarderlar, olimpiya chempionlari hamda tadbirkorlarning muvaffaqiyatli odatlarini o’rgangan. Uning payqashicha, ushbu kishilar o’zlarining erishgan yutuqlari haqida gapirganlarida ularning birontasi ham ish ro’yxat haqida aytishmagan.
Kruzning fikricha, ro’yxatning nozik tomonlari bor.
Ro’yxatlar vaqtni hisobga olishmaydi. Ko’z oldimizda vazifalar ro’yxati tursa, biz avvalo tez bajarish mumkin bo’lgan vazifalarni qilishga kirishamiz, ko’p vaqt talab qiladigan ishlarni esa keyinga qoldiramiz. Va ularni keyinchalik ham bajarmaymiz. iDoneThis kompaniyasining tadqiqotlariga ko’ra, ro’yxatlardagi 41 foiz vazifalar bajarilmay qolar ekan.
Ro’yxatlar muhim va tezkor ishlar farqini ajratishmaydi. Biz yana beixtiyor muddati yaqin bo’lgan ishlarni qilishga harakat qilamiz, buning ortida esa qanday muhim ishlar borligini sezmaymiz ham.
Ro’yxatlar odamni stressga undaydi. Psixologiyada Zeygarnik effekti mavjud: tugatilmagan vazifalar ular haqida noxush fikrlarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida biz kun davomida charchoqni his qilamiz, kechasi esa uyqusizlikdan qiynalamiz.
Ro’yxat tuzishning o’rniga, vazifalaringiz tartib bilan belgilangan jadval-kalendar tuzing.
Jadval vazifalarni joy-joyiga qo’yib, ularga ketadigan vaqtni hisobga olishga yordam beradi: masalan, har kuni 30ta yangi so’zlarni eslab qolish yoki har tongda xorijiy til bilan shug’ullanish.
Buni qanday qilish mumkin?
1.Qisqa muddatli maqsadlarga erishishga yordam beradigan zaruriy harakatlarni yozib qo’ying
Katta maqsadlarni qismlarga bo’lib tashlang va qanday harakatlar ushbu maqsadlarga yetishishda yordam berishini yozib boring. Masalan, xorijiy tilda hech bo’lmasa bir daqiqa erkin gaplashishni o’rganishni istasangiz, siz har kuni 20ta ko’p ishlatiladigan so’zlarni yodlashingiz kerak.
2. Bo’sh vaqtingizni ajratib qo’ying
Sizning bo’sh vaqtlaringiz erta tong ishdan oldin, kunduzgi tanaffusda yoki kechki payt ishdan keyingi dam olish jarayonida berkinib turgan bo’lishi mumkin. Kundalik ishlarga kuchingizni taqsimlash uchun ish va hafta davomida dam olish tartibini saqlab turishga harakat qiling.
3. Zahira uchun 15-30 daqiqa vaqtni hisobga oling
Rejalar har doim o’zgarib turadi: uxlab qolish, ishda ushlanib qolish yoki umuman kutilmagan holatlar sodir bo’lishi mumkin. Biz rejalangan tartib ozgina o’zgarsa ham barcha belgilangan ishlarni tashlab ketishga moyilmiz. Ammo, bunday qilish kerak emas! Agar siz o’zgaruvchan tabiatga ega bo’lsangiz, har bir ishga 30 daqiqa zahira vaqt qo’shing. Agar punktual shaxs bo’lsangiz 15 daqiqa qo’shimcha vaqt yetarli bo’ladi.
4. Yuqori ustunlikka ega vazifalar
Bir vaqtning o’zida bir qancha vazifalarga e’tibor qaratishning o’rniga, qisqa muddatli maqsadlaringiz orasidan bitta yuqori ustunlikka ega ustivor vazifani ajratib oling. Bu o’zingizni charchatib qo’ymasligingiz uchun muhim. Maqsadlarga erishishda kerak bo’lgan harakatlar ro’yxatida esa, natija uchun juda ham muhim bo’lgan bitta harakatni ajrating. Ular bilan shug’ullaning.
5. Eslatib turuvchi biron nima o’rnating
Rejalar doim o’zgarib turadi: uxlab qolish yoki ishda ushlanib qolish mumkin. Inson – esidan chiqarib qo’yuvchi mavjudot, eslatgichlar esa yo’l boshida masofani ushlab turishga yordam beradi. Masalan kundalik ishlaringizni telefon eslatgichiga saqlab qo’ying, har safar telefon ekranida paydo bo’luvchi eslatgichlar nima qilishni aytib turishadi.
Yuqoridagilardan maqsad - ishlaringiz ro’yxatida muhimligi bo’yicha vazifalarni joylashtirish emas, balki ustuvor vazifalarni tartibga solishdir – Stiven Kovi (Stephan Covey)
5 – Boshqalarga o’rgating
O’rgangan narsalaringizni xotirangizda saqlab qolishning eng samarali usullaridan biri – bu bilimingizni amaliyotda qo’llash yoki kimgadir o’rgatishdir.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha odamlar quyidagilarni eslab qolishadi:
— ma’ruza tinglashgan bo’lishsa o’rganilgan narsaning 5 foizini;
— agar ular mavzu yuzasidan biron nima o’qigan bo’lishsa 10 foizini;
— agar ular audio yoki video materiallar orqali biron nima o’rgangan bo’lishsa 20 foizini
— agar o’rganish jarayoni demonstratsiya yordamida amalga oshirilgan bo’lsa 30 foizini;
— ma’lumotni guruhda muhokama qilishgan bo’lsa 50 foizini;
— agar o’rganish jarayoni amaliyot bilan birga olib borilgan bo’lsa 75 foizini;
— agar o’rganilgan mavzuni kimgadir o’rgatishgan bo’lishsa 90 foizini.
Bunday natijalarning asosiy sababi biron kimga o’rgatish jarayonida sizning miyangiz qilingan xatolarni tez anglab, e’tiborini ularni bartaraf etishga jamlaydi.
Materialni qanday o’rgatishingiz muhim emas, eng muhimi – o’z o’rgangan narsalaringizni amaliyotda qo’llashingizdir.
Hech qachon qilmagan narsalaringizni qilib, yana yangi narsa o’rganing. Boshqalarga o’rgatib, bilimlaringizni saqlab qoling. Eslab qoling va takrorlang.
6 – Qiziqing
Nega odamlar bir oy chidagan dietasini tashlaydi va keyin yana bu ishni qaytib boshlashmaydi? Chunki intizom buzilgani uchun jazo qo’llanilmaydi. Bir bo’lak tortni yeb qo’yganingiz uchun sizni ishdan bo’shatishmaydi-ku. Diyetani tashlaganiz yaqin kelajakda sizga sezilarli xarajat tug’dirmaydi va siz boshlagan diyetangizni tashlaysiz.
Ammo, agar yengilishingiz sizga qanchalik qimmatga tushishini tezroq anglab yetsangiz, o’z maqsadingizga sodiq qolishingiz osonroq bo’ladi. Natijalaringizni nazorat qilib boradigan sherik toping, kelishilgan vazifalarni bajarmaganingizda qanchadir pulingizdan nochorlar yoki bemorlarga xayriya qiling. Shunday qilib siz maqsadlaringiz sari odimlash bilan birga dunyoda ozgina bo’lsa ham ezgulik qilib borasiz.
Muddatlarni belgilashga keladigan bo’lsak, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, muddat qanchalik yaqin bo’lsa, vazifani bajarishga shu qadar tez kirishasiz. Yana olimlarning qayd etishicha, sizni yo’ldan uruvchi bitta salbiy fikrni yengish uchun sizga uchta ijobiy fikr kerak bo’ladi. Demak ushbu qoidaga amal qilgan holda salbiy va ijobiy fikrlar proporsiyasini saqlab boring.
Maqsad sari borish, ayniqsa, katta maqsadga qarab siljish, sizga tuyulganidan ko’ra osonroq. Katta rejalar, atrofdagilarning qo’llab-quvvatlashi, qat’iylik – va siz maqsadingizga erishasiz. Erishishni istagan narsangizga qarab yurishda shunchaki davom eting.
“Men maqsadimga bir haftadan keyin yetib borishim kerak. Agar o’xshamasa boshqa narsa bilan shug’ullanaman", - deyishning o’zi kifoya.